Foydalanish shartlari
Oxirgi yangilanish: 2026-yil
1. Umumiy qoidalar
Platformadan foydalanish orqali siz ushbu shartlarni qabul qilasiz. Intellect Olympiad — «SIFAT TA‘LIM XIZMATI» MChJ tomonidan tashkil etilgan onlayn olimpiada platformasi.
2. Ishtirok va to‘lov
Har bir olimpiada uchun alohida narx belgilanadi. To‘lov tasdiqlangach joy band qilinadi. Bir foydalanuvchi bir olimpiadaga faqat bir marta ishtirok etadi.
3. Halol ishtirok
Test davomida begona yordam, nusxa ko‘chirish yoki boshqa qurilmadan kirish taqiqlanadi. Qoidabuzarlik aniqlansa, ishtirokchi diskvalifikatsiya qilinadi va sertifikat berilmaydi.
4. To‘lovni qaytarish
To‘lov tasdiqlangandan so‘ng, texnik nosozlik platforma aybi bilan yuz bergan hollardan tashqari, mablag‘ qaytarilmaydi.
5. Sertifikat
Berilgan raqamli sertifikatlar QR-kod orqali tekshiriladi. Soxta sertifikatlardan foydalanish javobgarlikka olib keladi.